“O'zing yorug' jahonim” nomli bahs-munozara kecha
#tadbirlar_2026
Joriy yilning 13-aprel sanasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan tumandagi ijodkorlar ishtirokida “O'zing yorug' jahonim” nomli bahs-munozara kechasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida shoirning sermazmun hayoti va serqirra ijodiy faoliyati o‘quvchilar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, adibning yuksak badiiy qiymatga ega she’rlari o‘quvchilar tomonidan ifodali tarzda ijro etildi.