"Ochiq osmon ostida kitoblar olamiga sayohat"
"Ochiq osmon ostida kitoblar olamiga sayohat"
"Zomin" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida rahbar va yoshlar ishtirokida ochiq osmon ostidagi kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, bolalar adabiyoti, ilmiy-ommabop hamda ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishdagi kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitoblarning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berilib, mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni alohida ta'kidlandi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, ular yuzasidan fikr almashdilar hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va ularda kitobga mehr uyg‘otishga xizmat qildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/26049