“Otaxonlar — hayot tajribasi va ma’naviyat timsoli” mavzusida davra suhbati
“Otaxonlar — hayot tajribasi va ma’naviyat timsoli”
Joriy yilning 17-avgust kuni
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida otaxonlar ishtirokida “Otaxonlar — hayot tajribasi va ma’naviyat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni, yosh avlod tarbiyasida katta avlod vakillarining ibratli hayotiy tajribasi va nasihatlarining ahamiyati haqida fikr almashildi.
Otaxonlar o‘z hayotiy tajribalari, kitob mutolaasidan olgan taassurotlari hamda yoshlarni ilm olishga, Vatanga sadoqatli va ma’naviyatli inson bo‘lib voyaga yetishga undovchi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Samimiy suhbat va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.