Pirimqul Qodirovning "Humoyun va Akbar" tarixiy romaniga kitob taqdimoti
Joriy yilning 7-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "ICHKI ISHLAR BO'LIMI" bolalarni sog'lomlashtirish oromgohida dam oluvchi bolajonlari ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Humoyun va Akbar" tarixiy romaniga kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi .Taqdimot davomida ishtirokchilarga "Humoyun va Akbar ʼʼ romani yoritilib berilidi, roman mazmuni, undagi qahramonlar haqida aytib oʻtildi. Ishtirokchilar roman borasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek kitobxonlar koʻrgazmaga qoʻyilgan boshqa adabiyotlar bilan ham yaqindan tanishtirildi.