“Rahbar va yoshlar” kuni doirasida Zomin tuman Muzeyida yoshlar bilan ochiq uchrashuv
Payshanba kuni “Rahbar va yoshlar” kuni doirasida Zomin tuman Muzeyida yoshlar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarga tarixiy muzeydan ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tavsiyalar berildi.
Xususan, Zomin tarixiy Muzeyida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi. Shuningdek, zamonaviy adabiyotlar va badiiy asarlarni targ‘ib qilish orqali yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish muhimligi ta’kidlandi.