“Siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini tiklash: tarixiy haqiqat va hozirgi siyosat” mavzusida davra suhbati
2025-yil 28-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-noyabrdagi 76-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida "Qayirma" mahallasidagi nuroniylar ishtirokida “Siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini tiklash: tarixiy haqiqat va hozirgi siyosat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda siyosiy qatag‘on yillarining fojiali oqibatlari, qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning hayoti va ularning xalqimiz tarixidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘tmishdan saboq chiqarish, tarixiy haqiqatni saqlash va uni kelajak avlodga yetkazishning muhimligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir nuroniylar uchun mazmunli suhbat, yoshlar uchun esa tarixiy xotirani mustahkamlashga xizmat qiladigan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘ldi.