“Sog‘lom turmush tarzi – har bir inson tanlovi”
7-aprel – Xalqaro salomatlik kuni munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Sog‘lom turmush tarzi – har bir inson tanlovi” mavzusida sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda mutaxassislar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi, zararli odatlardan voz kechish, gigiyena va kasalliklarning oldini olishda muntazam sport bilan shug'illanish haqida fikr almashdilar.