Sog'lomr turmush tarzi
#Sog'lomr_turmush_tarzi_2025
#kitobsevar_millat_2025
Joriy yilning 1- dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida hamda Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan ko'ngilochar tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo'ldi. Dastur davomida o'quvchilar turli qiziqarli o'yinlar va jismoniy mashg'ulotlarda faol ishtirok etishdi. Tadbir quvonchli lahzalarga, ijobiy kayfiat va jamoaviy ruh bilan boyitildi.