"Tafakkur gulshani"
#Tafakkur_gulshani_kitobxonlar_klubi
Joriy yilning 15- dekabr kuni Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan"Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida kitob taqdimoti va davra suhbati boʻlib oʻtdi. Dastlab oʻquvchilarga Primqul Qodirovning "Ona lochin nidosi" kitobi yoritilib, asar mazmun mohiyati, undagi voqealar, qahramonlarning kechinmalari keng ma'noda tushuntirib berildi. Tadbir jarayonida kitobxonlarga har bir narsani va har bir insonni qadriga yetish lozimligi toʻgʻrisida qiziqarli psixologik oʻyinlar oʻtkazildi.