“Tafakkur gulshani” kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida davra suhbati
Joriy yilning 12-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Tafakkur gulshani” kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, badiiy adabiyotning yoshlar tarbiyasiga ta’siri hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashdilar. Bunday uchrashuvlar kitobxonlarning dunyoqarashini kengaytirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va adabiyotga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📖 Kitob — tafakkur chirog‘i, ma’naviyat manbai!