“UMUMMILLIY BIRDАMLIK” FESTIVALI
✅Zomin tumani G’.G’ulom mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Umummilliy birdamlik” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi tashkil etildi.
✅Tadbir tashkilotchilari Zomin tuman hokimligi, “Mahallalar uyushmasi” Zomin tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘linmasi, G’.G’ulom MFY mahalla yettiligi faollari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi, Tuman Madaniyat bo‘limlari bilan hamkorliklarida tashkil etilgan “Umummilliy birdamlik” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasida barcha aholi vakillari faol ishtirok etishdi.
✅Tadbir orqali turli xil millat vakillarining milliy libos, raqs va musiqa koʼrgazmalari tashkil etilishi bu xalqimizning qardosh xalqlar bilan juda uzoq tarixga borib taqaladigan qardoshchilikdan dalolat beradi. Tadbirda konsert dasturi taqdim etildi.