Xayriddin Sultonning “Ko‘ngil ozodadur” asari targ‘iboti
Mavzu: “Kitob – qalb ozodligi sari yo‘l”
Joriy yilning 20-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Xayriddin Sultonning “Ko‘ngil ozodadur” asari targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda kitobxonlarga asarning mazmun-mohiyati, undagi chuqur falsafiy fikrlar hamda inson qalbi, erkinligi va ma’naviy poklik haqidagi g‘oyalar keng yoritib berildi. Asar orqali kitobxonlar hayotga yangicha nigoh bilan qarash, o‘z ichki dunyosini anglash va qadrlash zarurligini chuqur his etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, asardan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdilar. Samimiy suhbatlar kitobning ma’naviy ahamiyatini yanada oshirdi.
Ushbu targ‘ibot tadbiri kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularni muntazam kitob mutolaasiga undadi.