Yangi adabiyotlar 2025
#Yangi_adabiyotlar_2025
Zomin tumani Axborot- kutubxona markaziga faol kitobxonlar tashrif buyurdilar.
Tashrif chog’ida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kutubxonamizga sovg’a qilingan yangi kelgan adabiyotlarni targ’ibot ishlari o’tkazildi. Suhbat davomida faol onalar ishtirokida bugungi kundagi bolalar va kitobxonlikka oid masalalar yuzasidan suhbat o'tkazildi. Tashrif buyurgan barcha kitobxonlar o'z fikrlarini bayon qildilar. Tashrif yakunida talab va takliflari o’rganildi hamda o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kutubxonamizga sovg’a qilingan yangi adabiyotlar uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi.