“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kitobxonlik targ‘iboti
“Yangi bilim – boylik, kitob uning sandig‘i” shiori ostida kitobxonlik targ‘iboti
Kitobxonlik haftaligi doirasida Joriy yilning 7-iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Mehr” loyihasi asosida kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan Yarlakobova Orzugul onaga turli yo‘nalishdagi adabiyotlar tavsiya etilib, ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa yuzasidan foydali tavsiyalar oldilar.