"Yangi yilim-yaxshi yilim"
2025-yil 29 - dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 2-"Shodlik" maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "Yangi yilim-yaxshi yilim" mavzusida musiqiy bayram kechasi o'tkazildi. Yangi yil bayram tadbirida jajji kitobxonlarimiz tomonidan qo'shiqlar, raqslar va she'rlar ijro etildi. Tadbirda Qorbobo, Qorqiz, Yalmog'iz kabi ertak qahramonlari ishtirok etib,bolajonlarimiz uchun tabriklar,ezgu tilaklar va bayram sovg'alari ulashdilar. Yangi yil bayram tadbiri bolajonlarimizga bir olam quvonch baxsh etdi.