“Yoshlar bilan sayohat – yangi taassurotlar sari”
“Yoshlar bilan sayohat – yangi taassurotlar sari”
Uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda yurtimizning go‘zal maskanlari va tarixiy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Yoshlar bilan sayohat – yangi taassurotlar sari” mavzusida sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida yoshlar go‘zal maskanlarni tomosha qilib, yurtimizning betakror tabiati va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu sayohat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda ularda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.
Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan sayohat ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar va quvonchli lahzalarni ulashdi