“Yoshlar ma’naviyati – kelajak poydevori”
“Yoshlar ma’naviyati – kelajak poydevori”
Yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 16-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tadbir doirasida yoshlar ishtirokida “Yoshlar ma’naviyati – kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida yoshlarning bilim olishga intilishi, kitobxonlik madaniyati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yot g‘oyalardan himoyalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ijobiy hayotiy maqsadlar sari yo‘naltirishga xizmat qiladi.