“Yoshlar uchun yangi bilim va ko‘nikmalar”
“Yoshlar uchun yangi bilim va ko‘nikmalar”
Joriy yilning 25-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi AKT bo‘limi xodimlari tomonidan uyushmagan yoshlar ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, kompyuter va internet imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda axborotni izlash va undan foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot jarayonida yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bunday mahorat darslari yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha savodxonligini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.