"Yozgi ta'tilda mutolaa – bolalik olamiga sayohat"
"Yozgi ta'tilda mutolaa – bolalik olamiga sayohat"
Joriy yilning 10-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazining "Tafakkur gulshani" klubi kichik a'zolari ishtirokida yozgi ta'tilni mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi ning "Qayerdasan, bolaligim" asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan bolalik xotiralari, doʻstlik, mehr-oqibat va ezgu fazilatlar haqida fikr almashildi. Klub a'zolari asardan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kitob mutolaasining inson kamolotidagi o'rni haqida fikr bildirdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.