"Yuraklarning boʻlagisan, yurtim bayrogʻi" shiori ostida "Oʻzbek iftixori Vatan bayrogʻi" nomli rasmlar tanlovi
#Mangu_hilpira_oʻzbek_bayrogʻi #Rasmlar_tanlovi
2025-yil 18-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabi bilan hamkorlikda to'garakning iqtidorli oʻquvchilari oʻrtasida "Yuraklarning boʻlagisan, yurtim bayrogʻi" shiori ostida "Oʻzbek iftixori Vatan bayrogʻi" nomli rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
Tanlovda ishtirokchilar oʻz qoʻllari bilan chizgan Davlatimiz bayrogʻi rasmlari bilan qatnashib, oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlov yakunida o'quvchilarning chizgan rasmlari e'tirof etilib, axborot -kutubxona markazining faxriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.