"Zakovat" intellektual o'yini
#INFOLIB_2025
2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qarori, "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellktual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g'risida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish maqsadida ushbu o'yinlar tashkil qilishini Davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va zarur shart- sharoitlar yaratish, shuningdek, o'quvchilarning salohiyatini yuksaltirish maqsadida, 2025-yilning 12-noyabr kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Infolib-2025 Oʻzbekiston Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida, 9225 harbiy qism harbiylari bilan "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazdi. O'zaro bilimlar bellashuvida "Tafakkur" jamoasi l-o'rinni, "Ilm ummoni" jamoasi II-o'rinni, III-oʻrinni "Ziyo nuri" jamoalari egallashdi. Jamoalar mantiqiy savollarga to'liq va aniq javob berdilar. "Zakovat" intellektual oʻyini so'ngida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan jamoalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.