Ziyo maskaniga sayohat.
Ziyo maskaniga sayohat.
Bugun Shohrux nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilarini bag‘riga oldi. Bolajonlarning kitob va bilim dunyosiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu sayohat ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar kutubxonaning zamonaviy sharoitlari, boy kitob fondi hamda bolalar adabiyoti bo‘limi bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona xodimlari o‘quvchilarga kitoblarni asrab-avaylash, cataloglardan to‘g‘ri foydalanish hamda a’zo bo‘lish tartiblari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.
Sayohat davomida o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan ertak va sarguzasht kitoblarini mutolaa qilib, o‘zaro fikr almashishdi. Ushbu tashrif yosh kitobxonlar qalbidagi bilimga va kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.