Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan haftalik yakuniga bag‘ishlab rasmlar tanlovi ham tashkil etildi
Joriy yilning 17-aprel sanasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan haftalik yakuniga bag‘ishlab rasmlar tanlovi ham tashkil etildi. Mazkur tanlovda yoshlar va kitobxonlar o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etib, kitob, ma’naviyat va bilimni aks ettiruvchi turli mazmundagi rasmlarini namoyish etdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, tasviriy ifodasi hamda mavzuni yoritib berish mahoratiga alohida e’tibor qaratildi. Har bir rasmda kitobga bo‘lgan mehr, mutolaa madaniyati va yuksak tafakkur aks etgani tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Tadbir yakunida eng faol va iqtidorli ishtirokchilar rag‘batlantirilib, bu kabi tanlovlar yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.