Zomin tumanida Navro‘z shukuhi: Mustaqillik mahallasida bayramona ruh hukm surmoqda
Zomin tumanida Navro‘z shukuhi: Mustaqillik mahallasida bayramona ruh hukm surmoqda
Zomin tumanida keng nishonlanayotgan Navro‘z ayyomi va shukronalik tadbirlari mahallalarda o‘ziga xos ruh, fayz va ko‘tarinki kayfiyat bilan davom etmoqda. Ayniqsa, Peshag‘or mahallasida tashkil etilgan bayram tadbirlari xalqimizga xos samimiyat, birdamlik va qadriyatlarga sadoqatning yorqin ifodasiga aylandi.Mahalla hududida o‘tayotgan tadbirlarda fuqarolar faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash borasida yuksak namunani namoyon etmoqda. Har bir chiqish, har bir tashabbus, har bir samimiy uchrashuvda Navro‘zning asl mohiyati — yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalari yaqqol aks etmoqda.Bayram doirasida tashkil etilgan milliy liboslar va an’anaviy taomlar ko‘rgazmasi mahallaga o‘zgacha joziba bag‘ishladi. Bayram doirasida tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham kitoblar ko'rgazmasi bolan faol ishtirok etishdi.