Zomin tumanida “Qatag‘on qurbonlari” xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
#Zomin_tumani
Zomin tumanida “Qatag‘on qurbonlari” xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 15-iyul sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Zomin bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Qatag‘on qurbonlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – o‘tgan asrning eng ayanchli sahifalaridan biri bo‘lgan siyosiy qatag‘onlar davrida begunoh ayblar bilan jabr ko‘rgan yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati va jasoratini o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish, shuningdek, bu tarixiy haqiqatni yosh avlod ongiga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida qatag‘on davri saboqlari, bu fojeaning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri va mustaqillik yillarida ushbu qurbonlarning nomi tiklanganligi xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.