ZOOM platformasi orqali muhim o‘quv seminari
9-aprel kuni Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tuman AKM xodimlari uchun ZOOM platformasi orqali muhim o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishdi.
Seminar davomida yangi adabiyotlarga buktreylerlar tayyorlash jarayonida mualliflik huquqlariga qat’iy rioya etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga kontentdan qonuniy va mas’uliyatli foydalanish, mualliflik huquqlarini buzmaslik hamda ochiq manbalardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha muhim tushunchalar berildi.
Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarida hujjat aylanish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida idoralararo yagona hujjat aylanish tizimi “Edo.ijro.uz” platformasida to‘liq ish yuritish bo‘yicha batafsil amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Seminar jarayonida tizimdan samarali foydalanish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari keng yoritildi.